Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xususiy korxona avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi

Toshkentda xususiy korxona avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati

Poytaxt jamoat transportida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash, tizimda raqobat muhitini shakllantirish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni boshladi.

Xususan, shu kunga qadar «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan xizmat ko‘rsatib kelingan «129» «Aviasozlar shaharchasi — Yunusobod 17 mavze» yo‘nalishi tenderga qadar «Alixan trans servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga biriktirildi.

Ushbu korxona tomonidan yo‘nalishga Xitoyda Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan «Asia star» rusumli 11 ta avtobuslar qo‘yildi. Gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi mazkur transport vositasi 70 ta yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. Jumladan, konditsioner, pandus (nogironligi bo‘lgan shaxslarning chiqib tushishlari uchun mo‘ljallangan yo‘lak), 5 ta kuzatuv kameralari, monitor, dvigatelda yong‘inga qarshi ishlovchi avtomat tizim bilan jihozlangan.

Mazkur korxona faoliyati shahar yo‘nalishida to‘la o‘rganiladi va boshqa yo‘nalishlarga ham xususiy sektorni keng jalb etish choralari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahrida aholiga bir necha yildan buyon transport xizmati ko‘rsatib kelayotgan «Alixan Trans» MChJ korxonasi 2019 yilning avgust oyida 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoydan 65 ta zamonaviy «Asiastar Yaxing Wertstar» avtobuslarini olib kelgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring