Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga maxsus texnikalar yuborildi

Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga maxsus texnikalar yuborildi

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatida Sirdaryo viloyatiga chegaradosh bo‘lgan qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati, Maqtaaral tumani qishloqlariga ham talafot yetdi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan ushbu texogen ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir guruh mataxassislar va maxsus texnikalar yuborilgan edi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Bugun, 24 may kuni esa Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan qo‘shni davlatning Maqtaaral tumaniga «Baxt Yuksalishda» hamda «Poly Tex» klasterlariga qarashli 20 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli New Holland  T 6070 hamda TD 5, Djon Dir maxsus texnikalar dastlab dizinfeksiya qilinib, agregatlari bilan yuborildi.

Sirdaryo tumani hokimligi xabariga ko‘ra, bu texnikalar orqali toshqin oqibatida zarar ko‘rgan ekin yer maydonlariga ishlov beriladi hamda talofat oqibatlarini tugatishni sezilarli darajada tezlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring