Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan turkshunos olim Andrey Kubatin vafot etdi

Og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazgan turkshunos olim Andrey Kubatin vafot etdi

Andrey Kubatin

Tarixchi olim, turkiy xalqlar tarixiga oid uchta monografiya va saksondan ortiq ilmiy maqolalar muallifi Andrey Kubatin vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Kubatin 2017-yilda Jinoyat kodeksining 157-moddasi, ya’ni davlatga xoinlik qilishda ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Bunga bir kishining huquq-tartibot organlariga yo‘llagan tuhmat xati sabab bo‘lgan.

Olim o‘zining aybsizligini isbotlash uchun 2,5 yil kurashdi. Nihoyat, 2019-yil 26-sentyabrda A.Kubatin Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi appelyasiya instansiyasida reabilitatsiya qilindi va sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Kubatin 2019-yil dekabrdan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.   

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda A.Kubatinning koronavirusga chalinib, ahvoli og‘irlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring