Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch shaxsning kirdikori ochildi

Uch shaxsning kirdikori ochildi

Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlarning kirdikorlari fosh bo‘ldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, 3 nafar fuqaroni o‘zlarining Guliston davlat universitetida ishlovchi «Sh.» ismli tanishi orqali universitetning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning 6 400 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi, bundan tashqari fuqaro Z.A.ga 3,5 mln so‘m va U.M.ga 9,1 mln so‘m pulni «kontrakt to‘lovlari» uchun to‘latib, ularga talabalar safiga qabul qilinganligi to‘g‘risida soxta buyruqlarni taqdim etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring