Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga Toshkentdagi ko‘chaning bir tomoni yopiladi

Ertaga Toshkentdagi ko‘chaning bir tomoni yopiladi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Haydar Aliyev (Temiryo‘lchilar) ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 10-iyul soat 8:00 dan Sariko‘l ko‘chasidan Ozarbayjon madaniyat markazigacha bo‘lgan qismi harakatlanish uchun qisman yopiladi. Ta’mirlash  ishlari ikki kun davom etadi. Ikki yo‘nalishdagi harakatlanish yo‘lning bir tomoni bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring