Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya markazi haftalik ob-havo ma’lumotni e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat eng chekka sharqiy hududlarda bulutlilikning konvektiv rivojlanishi kuzatiladi, buning hisobiga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi.

Peshinga kelib, termometr ko‘rsatkichi 36-39° gacha ko‘tariladi, bu avgust oyi boshidagi me’yordan 3-4° ga yuqori bo‘ladi.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha tekislik hududlarda havoning o‘rtacha issiq bo‘lishi davom etadi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo ushbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring