Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uy bekalari uchun ham kelajakda pensiya olish imkoniyati yaratiladi

Uy bekalari uchun ham kelajakda pensiya olish imkoniyati yaratiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berish va ish stajiga qo‘shib hisoblash tartibi nazarda tutilgan. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, uy bekasi bo‘lgan ayol kelajakda pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qonun loyihasida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:

  • 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarcha)gi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash. Bunda, 2021-yil 1-iyundan boshlab yangi pensiya tayinlashda 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash tatbiq etilishi;
  • ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi berish va ish stajiga qo‘shib hisoblash. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, oilada bola parvarishi va boshqa yumushlar bilan band bo‘lgani yoki turmush o‘rtog‘ining xohishiga asosan ishlamagan turmush o‘rtog‘ini kelajakda pensiya bilan ta’minlash imkoniyati;
  • pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlash va to‘lash. Buning natijasida fuqarolarga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan turar joyi bo‘yicha pensiya (nafaqa) tayinlash va to‘lash uchun murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
  • uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiyalar tekshirilishiga hamda pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langanligi aniqlangan holatlarda ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyalarni uni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga to‘liq oy uchun to‘lash tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

Endilikda ish staj yetarli bo‘lmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ya’ni ish stajiga mutanosib miqdorda pensiya tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring