Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik: Eng yuqori ishsizlik darajasi Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida

Vazirlik: Eng yuqori ishsizlik darajasi Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida

Foto:«Xabar.uz»

2019-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi, O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band kishilar soni 300 mingdan ortdi, deya ma’lumot bermoqda Mehnat vazirligi.

2019-yil iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikaning 104 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy tadqiqot amalga oshirilgan. Tadqiqot davomida fuqarolarning 462 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4 880 ta uy xo‘jaligi va 25 925 nafar fuqaro qamrab olindi.

Tadqiqot natijalarining tahlili iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,1 foiz ekanligini ko‘rsatdi, bu 2018-yilning mos davri ko‘rsatkichiga qaraganda 0,2 foizga kamdir. Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida eng yuqori ishsizlik darajasi qayd etildi – 9,4 foiz, eng kam ko‘rsatkich esa - Toshkent shahrida (7,7 foiz).

Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1 342,6 ming shaxsdan iborat bo‘lib, yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1 foizni, 15-25 yoshdagilar o‘rtasida – 16,8 foizni, ayollar orasida esa 12,7 foizni tashkil etdi.

Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2 foizga o‘sgan. Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1 foizga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta’tili, tug‘ish ta’tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4 foizga oshishi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, o‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9 foiz)ga tushgan, bu esa aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi ortganligini bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring