Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xalq banki» Raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«Xalq banki» Raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: O‘zSQB, Zafar Azimov

AT «Xalq banki» Boshqaruv Raisiga birdaniga 4 ta o‘rinbosar tayinlangan. O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Azimov Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zsanoatqurilishbank Audit departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan Farrux Ro‘ziyev Xalq banki Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqida dastlab, «Bank va mijoz» telegram kanali xabar bermoqda. Shuningdek, xabarni Xalq banki va O‘zsanoatqurilishbankdagi manbalar tasdiqlashdi.

Shuningdek, Ipoteka bank Chakana xizmatlar departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan Dilshod Kutliyev hamda Ipoteka bank Strategiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan Tohir Raxmanov ham Xalq banki Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlari etib tayinlangan.

Yaqinda Shuhrat Otaboyev Xalq banki Boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring