Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘sag‘asida. Xorij davlat delegatsiyalari kelishni boshladi

Xalqaro armiya o‘yinlari bo‘sag‘asida. Xorij davlat delegatsiyalari kelishni boshladi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

26-iyul kuni Vetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun «Forish» poligoniga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Xalqaro armiya o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan O‘zbekistonning «Forish» tog‘-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V «Xalqaro armiya o‘yinlari – 2019» doirasida «Harbiy-tibbiy estafeta» tanloviga birinchi marta mezbonlik qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mehmonlarni Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, o‘quvchi yoshlar karnay-surnay sadolari ostida o‘zbekona udumlar bilan tantanali ravishda kutib oldi.

4-avgust kuni start oladigan «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovida  Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston, O‘zbekiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring