Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Xorazmda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Xorazm viloyatining barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» hissadorlik jamiyati matbuot xizmatiga ko‘ra, uzilishlar kecha — 7-yanvar soat 00.00 dan bugun — 8-yanvarning soat 22.00gacha davom etadi. Bunga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh Issiqlik energiya stansiyasi blokida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Bugunga qadar Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 2020-yil hisobiga ko‘ra uzilishlar kuzatilmagan edi.

Demak, bugun kech soat 22.00dan keyin xonadonlarga yana  yorug‘lik qaytishi kutilmoqda. Ko‘ramiz...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring