Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qarz berib turiladi

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qarz berib turiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (201-son, 12.04.2021-y.) bilan «O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Konsullik okrugi – xorijdagi muassasa ish olib boradigan hudud, u bir nechta davlat hududini o‘z ichiga olishi mumkin.

Muassasa 2 ish kunida fuqarodan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, arizadagi keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, uning xorijda bo‘lish sharoitlarini aniqlaydi (safar maqsadi, viza, yashash sharoiti).

Hujjatlarni o‘rganish asosida moliyaviy yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va uni Tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlash uchun yuboradi.

Vazirlik 1 ish kunida fuqaroga yordam ko‘rsatishga oid hujjatlarni va xulosani ko‘rib chiqadi hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki rad etish to‘g‘risida xat yuboradi.

Xat olganidan so‘ng 1 ish kunida muassasa fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkazadi.

Ariza rad qilinganda konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.

Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring