Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish punktlari ochildi

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish punktlari ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun Toshkent viloyatining shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarida 8 ta ma’lumotlarni yig‘ish punktlari faoliyat yuritayotgan edi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaatlarning ko‘payib borayotganligini inobatga olib, shuningdek, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va manzilliy xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Nurafshon shaharlari va Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ham ma’lumotlarni yig‘ish punktlari tashkil etildi. Ushbu punktlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan berilgan texnik qurilmalar o‘rnatilib, xorijga chiqish pasporti olish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda Toshkent viloyatida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun tashkil etilgan ma’lumotlarni yig‘ish punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda:

  • Toshkent viloyati IIBB MvaFRBda —Qibray tumani aholisiga
  • Chirchiq shahar IIB MvaFRBda — Chirchiq shahri aholisiga
  • Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda — Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumani aholisiga
  • Oxangaron tuman IIB MvaFRBda — Ohangaron tumani, Ohangaron shahri va Olmaliq shahri aholisiga
  • Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda — Bo‘ka va Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisiga
  • Zangiota tumani IIB MvaFRBda — Zangiota va Toshkent tumanlari aholisiga
  • Yuqorichirchiq tumani IIB MvaFRBda — Yuqorichirchiq va Parkent tumanlari aholisiga
  • Chinoz tumani IIB MvaFRBda — Chinoz va Quyichirchiq tumani aholisiga
  • Nurafshon shahar IIB MvaFRBda — O‘rtachirchiq, Piskent tumanlari va Nurafshon shahri aholisiga
  • Bekobod shahar IIB MvaFRBda — Bekobod shahri va Bekobod tumani aholisiga
  • Angren shahar IIBda — Angren shahri aholisiga
  • Bo‘stonliq tumani IIB MvaFRBda — Bo‘stonliq tumani aholisiga

Joriy yil oxirigacha viloyatning barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlarida xorijga chiqish pasportini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktlari ochilishi rejalashtirilgan.

Faoliyat yuritayotgan barcha punktlarda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar va nogironlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yakshanba kunlari jadval asosida navbatchilik tashkil qilingan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga tarqatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring