Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yana besh yil shunaqa qurilish qilsak, odamlar nafas ololmay qoladi» — Mirziyoyev

«Yana besh yil shunaqa qurilish qilsak, odamlar nafas ololmay qoladi» — Mirziyoyev

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari bundan buyon asosiy qurilishlar shahar hududiga joriy yilda qo‘shib berilgan 8 ming gektar yerda amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi.

— Agar biz Toshkentda yana besh yil shunaqa bosib-bosib qurilish qilsak, odamlar nafas ola olmay qoladi. Shuning uchun shaharni kengaytiramiz, yangi qo‘shilgan yerlarda asosiy qurilishlarni amalga oshiramiz.

Poytaxtning arxitekturasi va qiyofasini saqlab qolish maqsadida, ushbu hududda «Yangi Toshkent» konsepsiyasi amalga oshiriladi va bosqichma-bosqich shahar sharqiy yo‘nalishga qarab kengaytiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, Bektemir tumanida 20 ming xonadonli zamonaviy massiv barpo etilib, bog‘cha, maktab, tibbiyot muassasasi va dam olish markazlari quriladi.

Yangihayot tumanida infratuzilmaga yaqin hududda, yirik massiv shaklida 200 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, 10 mingdan ortiq oilaning turmush sharoiti yaxshilanadi.

Toshkent shahriga qo‘shilgan hududlarni yashash uchun har tomonlama qulay qilish maqsadida, alohida dastur qabul qilinib, bu yerda istiqomat qilayotgan 100 mingdan ziyod aholining yashash sharoiti yaxshilanadi.

Shuningdek, ushbu hududlarda yangi korxonalar, sanoat zonalari, aholi dam olish maskanlari, iqtisodiy va ijtimoiy ob’yektlar quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring