Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir muhim Qonun ma’qullandi

Yana bir muhim Qonun ma’qullandi

Foto: Senat axborot xizmati

Bugun, 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan parlament yuqori palatasining to‘qqizinchi yalpi majlisida «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Mazkur Qonun bilan «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunga hamda Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

O‘zgartirish bilan narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy yilning yakuniga qadar ayrim turdagi aksiz solig‘i stavkalarini o‘zgarishsiz saqlab turish nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun foydalanilgan suv hajmlari bo‘yicha soliq stavkalarining belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilishi ham belgilanmoqda.

Ta’kidlash joizki, Qonun bilan alohida sharoitlarda, ya’ni koronavirus pandemiyasi sharoitida soliq majburiyatlarini bajarish belgilanadi. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliqlarni va bo‘nak to‘lovlarini to‘lashni foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni taqdim etish, shuningdek qo‘shimcha vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, soliqlardan yengilliklar taqdim etish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladigan huquqlar ham o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda.

Qonunning ma’qullanishi iqtisodiy islohotlar barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring