Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qaror: dori vositalarini narxlash, «maxfiy mijoz»...

Yangi qaror: dori vositalarini narxlash, «maxfiy mijoz»...

Foto: «Yandeks»

Respublikada mahalliy va xorijiy dori vositalariga referent narx belgilashni bosqichma-bosqich joriy etilishi to‘g‘risida yangi qaror imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda respublikada 8,885 dori vositasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 6,437 tasi (73 foizi) xorijiy va 2446 tasi (26 foizi) mahalliy dori vositasidir.

Amaliyotda shunga guvoh bo‘lmoqdamizki, respublikada bir nomdagi dori vositasi narxida 10 foizdan 50 foizgacha farq mavjud.

Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, dori vositalari narxi nisbatan yuqori bo‘lgan va bir-birining o‘rnini bosuvchi dori vositalari narxlarida tafovut mavjud bo‘lgan rivojlangan mamlakatlar davlat budjeti va nodavlat jamg‘armalari xarajatlarini kamaytirish uchun referent narxlar belgilash tizimidan foydalanishadi.

Mazkur tizim dori vositalariga referent narxni belgilashni nazarda tutadi va unga asosan dori vositalari mamlakatga olib kirilganda belgilangan narxlardan yuqori bo‘lmagan narxlarda mamlakatga olib kiriladi va (yoki) realizatsiya qilinadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Respublika farmatsevtika tarmog‘idagi islohotlarni chuqurlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorni imzoladi.

Qarorga binoan, 2020-yil 1-martdan boshlab respublikada mahalliy va xorijiy dori vositalariga referent narxni belgilash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Unga ko‘ra, dori shakli, qadoqdagi dorilar soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlash xususiyatlarini hisobga olgan holda dori vositalariga eng yuqori narxlar belgilanadi va dori vositalarini O‘zbekistonga import qilish va mahalliy korxonalar tomonidan realizatsiya qilish belgilangan narxlardan yuqori bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-iyuldan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublikaning barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomini retsept yozishda qo‘llash tartibi joriy etiladi.

2020-yil 1-iyuldan boshlab «Maxfiy mijoz» instituti joriy etiladigan bo‘lib, u tibbiyot tashkilotlari va dorixonalari tomonidan qonun talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash, vakolatli organlar va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida ma’lumot to‘plash va monitoring o‘tkazish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va boshqalarni ko‘zda tutadi.

Ta’kidlash joizki, AQShda raqobat turlaridan biri sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan «maxfiy mijoz» atamasi xodimlarni barcha xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilishga va xizmat sifatini yaxshilashga undaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring