Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoira Xonzodabegim Jamolova 22 yoshida vafot etdi

Shoira Xonzodabegim Jamolova 22 yoshida vafot etdi

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati

2021-yilning 16-aprel kuni iste’dodli yosh shoira, xalqaro toifadagi sport hakami, «Respublika lider qizlar» harakati rahbari, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi Xonzodabegim Jamolova 22 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashev o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Xonzodabegim Jamolova 1999-yil 27-martda Bekobod tumanida tug‘ilgan.

U sportdagi qisqa faoliyati davomida bir qator yutuqlarga erishgan. Karate bo‘yicha II dan qora belbog‘ sohibasi, jit kun do bo‘yicha xalqaro turnirlar g‘olibi. Xalqaro toifadagi hakam hamda xalqaro sport loyihalari tarjimoni bo‘lgan.

Xonzodabegim Jamolova sportdan tashqari ijod bilan ham faol shug‘ullangan. Uning «Baxt tongi» nomli she’riy to‘plami bundan bir oy avval O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ko‘magida chop etilgan.

Xonzodabegim Jamolova O‘zbekiston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Lider qizlar» festivalini tashkil qilgan. Uning tashabbusi bilan 2019-yilda O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro sport sammiti (International sport summit Tashkent-2019) o‘tkazilgan.

Rus, ingliz, arab, turk, koreys tillarida so‘zlasha olgan.

Xabar.uz marhumaning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring