Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar parlamentiga rais saylandi

Yoshlar parlamentiga rais saylandi

Mohistara Muhammadyunusova.

Foto: Senat matbuot xizmati

Bugun, 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonfrensaloqa tarzida birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi masala – Yoshlar parlamenti raisi lavozimiga Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi nomzodi ko‘rib chiqildi.

Mohistara Muhammadyunusova 1995 yil Andijon viloyati Marhamat tumanida tavallud topgan. U BMTning yuksak minbarlarida dadil chiqishlar qilgan shijoatli yoshlardan biri, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent shahridagi Vebster (Webster) universitetida tahsil olgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ingliz tili bo‘yicha trener koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti metodik ta’minot bo‘limi bosh mutaxassisi, ushbu institutning ilmiy bo‘limi bosh ilmiy xodimi, Respublika «Qizlar ovozi» klubi bosh koordinatori bo‘lib faoliyat yuritgan. Shuningdek, Stenford universitetida tashkil etilgan «Xalqaro ayollar salomatligi va inson huquqlari» kursi tinglovchisi ham hisoblanadi.

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi Yoshlar parlamenti raisi sifatida bir ovozdan ma’qullandi.

Majlisda Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari – komissiya raislarini va Yoshlar parlamenti kotibini saylash, Yoshlar parlamenti Reglamenti hamda ish rejasi loyihalarini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring