Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zilzila tufayli ikki samolyot Toshkent aeroportiga qo‘na olmay turdi

Zilzila tufayli ikki samolyot Toshkent aeroportiga qo‘na olmay turdi

O‘tgan tunda Toshkentda 4 balli zilzila bo‘lgani xabar qilingan edi. «Novosti Tashkentskogo Neba» kanali tomonidan ma’lum qilinishicha, zilzila vaqtida ikki samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘na olmay, osmonda aylanib turgan.

Tungi soat 02.33da bo‘lib o‘tgan zilzila vaqtida ikki samolyot – «Fly Dubai» aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan va Dubay – Toshkent (FZ1941) yo‘nalishi bo‘ylab uchib kelgan Boeing 737-8KN va «O‘zbekiston Havo yo‘llari»ga tegishli Seul – Toshkent (HY514) reysi bo‘yicha harakatlangan Boeing 787-8 Dreamliner qo‘nishga hozirlanib turgan.

Zilzila tufayli aeroport dispetcherlari har ikki samolyotni havodagi kutish xududiga yo‘naltirgan. Bu chora zilzila natijasida uchish-qo‘nish yo‘lagi zararlanmaganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘riladi. Bir necha daqiqalik kutishdan so‘ng har ikki samolyot muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring