Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoyir Mirzayev ishchilari «bosh ko‘targan» zavodga bordi

Zoyir Mirzayev ishchilari «bosh ko‘targan» zavodga bordi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering kompaniyasining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi ob’yektlaridan birida ishchi-xodimlar tomonidan norozilik uyushtirilgani aks etgan video tarqalgandi.

Tafsilotlarini bilish va kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «Enter Engineering Pte. Ltd» rahbariyati voqea joyiga borishgani ma’lum qilingandi.

Bugun, 22-oktyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va viloyat sektor rahbarlari zavod hududida bo‘lib, har ikki tomonni eshitgan holda bo‘lib o‘tgan voqea tafsilotlari, ishchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan yotoq va ovqatlanish joylaridagi sharoitlar hamda oylik maoshi to‘lovlari masalalari o‘rganilgan.

Bugungi o‘rganishlar natijasi bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qo‘shimcha axboroti ham e’lon qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring