Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Fransiya – ikki karra jahon chempioni!

JCh-2018. Fransiya – ikki karra jahon chempioni!

Foto: «Reuters»

Rossiyada o‘tgan jahon chempionati final uchrashuvida Fransiya Xorvatiyani 4:2 hisobidagi mag‘lubiyatga uchratdi va jahonning ikki karra chempioniga aylandi.

Dide Desham shogirdlari bahsning 18-daqiqasida hisobni ochishdi. Grizmann o‘zi jarima ishladi va undan oshirgan to‘pini xorvatlar hujumchisi Mario Manjukich o‘z jamoasi darvozasiga joylab qo‘ydi. E’tiborlisi, shu tarzda u jahon chempionatlari tarixida final o‘yinida avtogol muallifi bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib Ivan Perishich muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Perishich o‘z jarima maqdonida qo‘li bilan o‘ynadi va uchrashuv hakami VAR tizimi yordamida penalti belgiladi. Fransuzlar yetakchisi Antuan Grizmann penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida fransuzlar yana muvaqqiyat qozondi. Avvaliga Pol Pogba ajoyib zarbasi bilan, biroz vaqt o‘tib Kilian Mbappe uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuv taqdiri hal bo‘lgandek tuyulgan bir vaqtda Mario Manjukich Llorisning xatosidan foydalanib hisobni qisqartirdi. Xorvatlarda vaqt yetarlicha edi, ammo qolgan daqiqalarda fransuzlar himoyada yaxshi o‘ynadi va hisob o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.

Shu tariqa Fransiya ikki karra jahon chempioniga aylandi.

JCh-2018. Final

Fransiya – Xorvatiya 4:2

Gollar: 1:0 – 18, avtogol Mandjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Mandjukich.

Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pyasa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Mandjukich.

Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring