Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Final uchrashuviga qaysi davlatlar rahbarlari keladi?

JCh-2018. Final uchrashuviga qaysi davlatlar rahbarlari keladi?

Foto: «Utro.ru»

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvini tomosha qilish uchun Moskva shahriga 14 ta davlat rahbarlari tashrif buyurishi kutilyapti. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Final uchrashuvini tomosha qilish uchun Moskva shahriga Abxaziya, Armaniston, Belarus, Gabon, Moldoviya, Falastin, Sudan, Fransiya, Xorvatiya va Janubiy Osetiya respublikalari prezidentlari, Vengriya, Qirg‘iziston, San-Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi bosh vazirlari hamda Qatar davlat amiri tashrif buyuradi», – deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15-iyul kuni JCh-2018 finalida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring