Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+111. Andijonda kasallanish keskin ko‘paydi

+111. Andijonda kasallanish keskin ko‘paydi

2020-yil 11-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12513 (+111) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 34 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4733 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring