Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+196. Buxoroda ham aholi orasida kasallanish ko‘paydi

+196. Buxoroda ham aholi orasida kasallanish ko‘paydi

2020-yil 11-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12402 (+196) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 37 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 15 nafari esa Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7540 (+10) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (10 nafar Jizzax viloyatida) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 4806 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring