Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2 ta hududda 200 dan ziyod kishi koronavirusni yuqtirib oldi

2 ta hududda 200 dan ziyod kishi koronavirusni yuqtirib oldi

2020-yil 20-sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 640 (+206) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent viloyatida, 100 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 56 yoshli O‘.B. (erkak) hamda 77 yoshli R.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 47 932 (+661) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring