Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+220. Respublikaning o‘nta hududida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

+220. Respublikaning o‘nta hududida yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 24-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 667 (+220) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafardan Buxoro va Jizzax viloyatlarida, 12 nafardan Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 49 832 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 390 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring