Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

26-o‘lim. Qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

26-o‘lim. Qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. (erkak) joriy yil 10-iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli Karantin markaziga joylashtirilgan.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 15-iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

19-iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.

Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli yetakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, bu uchinchi kun ichidagi oltinchi o‘lim holati. 28 iyun kuni koronavirus infeksiyasi qayd etilgan ikki bemor vafot etgan edi. Kecha, shuningdek, buxorolik ayolning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagani xabar qilingandi. Bugun esa Jizzaxda koronavirus qurboni bo‘lgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring