Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikaning qaysi davlatlarida koronavirus ko‘proq kuzatilmoqda?

Afrikaning qaysi davlatlarida koronavirus ko‘proq kuzatilmoqda?

Foto: «AP Photo»

Afrikada qariyb 84 mingdan ortiq odam yangi tipdagi koronavirusni yuqtirib oldi. Qurbonlar soni 2,7 ming kishidan ziyod, deya ma’lum qildi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) hududiy vakili. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, COVID-19 bilan zararlanganlar soni Afrika qit’asida 84 183 kishiga yetdi, ulardan 2739 nafari vafot etdi, 32 mingdan ortiq kishi tuzaldi.

Koronavirusga chalinganlar, ayniqsa, JAR (15 515), Misr (11 719), Jazoir (7019), Marokash (6798), Nigeriya (5959) va Gana (5735) da ko‘proq kuzatilmoqda.

Kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumganlar ko‘proq Misr (612) va Jazoir (548)da qayd etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring