Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajoyib xushxabar: rekord yangilandi!

Ajoyib xushxabar: rekord yangilandi!

Shifokorlarimizning matonatli mehnati sabab bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 208 nafari sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jumladan, bemorlarning 678 nafari Toshkent shahrining 20 ta shifoxonasida va uy sharoitida davolanganlardir, shuningdek, 185 nafari Toshkent viloyatida, 103 nafari Samarqand viloyatida, 102 nafari Qashqadaryo viloyatida, 50 nafari Buxoro viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 1-avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 835 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring