Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzaldi (video)

Aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzaldi (video)

Foto: EPA/UPG

Taniqli aktyor Idris Elba koronavirusdan tuzalib ketdi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da yozdi.

Elbaning yozishicha, u va rafiqasida kasallik alomatlari batamom yo‘qolgan, xavf ortda qoldi.

Koronavirusga chalinganini bilgach, aktyor qattiq tashvishga tushgandi, chunki uning astmasi bor edi.

Elbada koronavirus borligi 4-mart kuni aniqlangandi. Keyinchalik erini kasallik bilan yolg‘iz qoldirib ketishni istamagan rafiqasiga ham COVID-19 o‘tdi. Hozirga kelib har ikkisi ham kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring