Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh hukumati vaksina ishlab chiqaruvchi bilan yirik shartnoma imzoladi

AQSh hukumati vaksina ishlab chiqaruvchi bilan yirik shartnoma imzoladi

Foto: «Financial Times»

AQSh hukumati «Novavax» kompaniyasiga 1,6 milliard dollar ajratdi. Amerika hukumati hali hech bir vaksina ishlab chiqaruvchisiga buncha pul bermagan.

Shu paytgacha uch kompaniya budjetdan pul olgan, lekin buncha yirik miqdorda emas.

«Yirik shartnoma hukumat biz vaksinani ishlab chiqara olishimizga bildirgan ishonchning tasdig‘i», — dedi «Novavax» bosh direktori Stenli Erk.

Eng qizig‘i, «Novavax» tadqiqotlar bobida raqobatchilaridan ortda qolyapti. Iyul oxirida birinchi bosqich sinovlari yakunlanadi, uchinchisiga esa (ko‘ngillilar ishtirokida) 2020-yilning uchinchi choragi oxiriga borib kirishiladi.

AQSh hukumatidan mablag‘ olgan yana bir kompaniya — «Moderna» uchinchi bosqich sinovlarini iyul oyidan boshlaydi. Bu tadqiqot doirasida sinovdagilarning bir guruhiga nomzod vaksina beriladi, yana bir guruhda esa platsebo effekti (immunitet hosil qilmaydigan modda) sinovdan o‘tkaziladi.

«Moderna» nomi mojaroga aralashib qolishga ham ulgurdi: kompaniyani vaksina ishlab chiqarish bahona aksiyalari qiymatini oshirishni ko‘zlaganlikda gumon qilinyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring