Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh koronavirusga qarshi yana bir vaksinani tasdiqladi

AQSh koronavirusga qarshi yana bir vaksinani tasdiqladi

Foto: «Lenta.ru»

AQSh FDA tibbiy regulyatori Johnson & Johnson kompaniyasining COVID-19ga qarshi vaksinasini «favqulodda vaziyatda» foydalanish uchun tasdiqladi, deyiladi regulyator bayonotida.

Endi AQShda uchta koronavirus vaksinasi qo‘llaniladi: bungacha Pfizer va Moderna vaksinalari tasdiqlangandi.

Vaksinani Johnson & Johnson konserni bo‘limi Janssen Pharmaceutica firmasi ishlab chiqaradi. AQShda allaqachon tasdiqlangan vaksinalardan farqli o‘laroq, u Rossiyaning «Sputnik V» va Angliya-Shvetsiyaning AstraZeneca vaksinalariga o‘xshash vektorli preparatdir. Vaksina shamollash virusidan foydalanib, virus yuzasidagi chandiqli oqsilga ta’sir ko‘rsatadi. AQShda tasdiqlangan boshqa vaksinalardan farqli o‘laroq, bunga ikkita emas, atigi bitta in’yeksiya talab etiladi.

Johnson & Johnson mart oyining oxiriga qadar 20 million, iyun oxiriga qadar 100 million dozaga qadar vaksinani yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring