Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining yangi partiyasini jo‘natmoqda

AQSh O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining yangi partiyasini jo‘natmoqda

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchisi J.Vahabovning xabariga ko‘ra, bugun tushdan keyin O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining navbatdagi partiyasi keladi.

273 780 doza Pfizer AQSh hukumati xayriyasi sifatida Kentukki shtatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi.

Iyul oyining oxiridan to hozirgi kunga qadar AQSh mamlakatimizga 5 million doza vaksina yubordi.

Amerikada ishlab chiqarilgan vaksinalar O‘zbekistonda qo‘llanilayotganlar orasida ikkinchi o‘rinda turadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 17 foizi to‘liq emlangan, yana 21foizi qisman emlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring