Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda koronavirusdan davolanish uchun necha ming dollar kerak bo‘ladi?

AQShda koronavirusdan davolanish uchun necha ming dollar kerak bo‘ladi?

Foto: «Flipboard.com»

Koronavirusga chalingan amerikaliklardan davolanish uchun bir necha o‘n ming dollar to‘lash talab etiladi, deb xabar berdi «CNBC» telekanali.

«Koronavirus infeksiyasi bilan shifoxonaga tushgan kishilar tibbiy sug‘urtasi bo‘lmasa yoki sug‘urta kompaniyasi ular olgan tibbiy yordam sug‘urtada nazarda tutilgan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilmagan deb hisoblasa, 42 486 dollardan 74 310 dollargacha to‘lovni amalga oshirishga tayyor turishi kerak», — deya ma’lum qildi «CNBC» telekanali «FAIR Health» nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga tayanib.

Bunda, masalan, olti kunlik shifoxonada yotish uchun sug‘urtalanmagan bemorlar taxminan 73 300 dollar, sug‘urtalanganlari esa tibbiyot muassasasi sug‘urta kompaniyasidan talab qilib oladigan 38 220 dollarning bir qismini to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring