Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Foto: ONT

«Worldometers» ma’lumotiga ko‘ra, Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 26-aprelda 10 463 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Ilk kasallik aniqlangan 28-fevraldan beri 1695 kishi sog‘ayib ketgan, 72 kishi vafot etgan.

Mamlakat hududida infeksiya aniqlanganidan buyon 147,5 mingta test olingan va shulardan 7,1 foizida koronavirus topilgan. Kechaning o‘zida mamlakatda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 873 ta yangi holat aniqlandi.

Koronavirus qoidalarni ham o‘zgartiryapti: unga qarshi «eng yaxshi hujum — himoya» — buni Belarusning achchiq tajribasi tasdiqlaydi. Butun dunyo karantinga kirgan paytda ham belaruslar futbol o‘ynab yurishgandi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring