Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir mahalladan 39 nafar yigit javobgarlikka tortildi

Bir mahalladan 39 nafar yigit javobgarlikka tortildi

Keyingi bir oy ichida eng ko‘p ishlatgan ham, eng ko‘p eshitgan ham so‘zimiz bitta bo‘ldi: uyda qoling!

Bu  jon va tan  omonligi uchun bir hayqiriq aslida. Biroq Buxoro viloyati Shofirkon tumani  Denov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 39 nafar yigit  uchun hammaning karantin paytida  «UYDA QOLIShI» ayni muddao bo‘ldi. Ular oltin  vasvasasida  qo‘shni viloyatning  Uchquduq tumani hududiga yo‘l olishdi. Maqsad tashlandiq karerdan (dastlab davlat tomonidan o‘zlashtirilgan)tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tosh va qumlarni qazib olish edi.

Uchquduq tumani IIB  va DXX bo‘limlari xodimlarining hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida nafaqat karantin qoidalarini buzish, balki boshqa o‘zimboshimcha xatta-harakatlari  ustida ushlandi.  Ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlar rasmiylashtirildi. Natijada barchasiga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aytgancha, surishtiruv jarayonilarda huquqbuzarlarning ba’zilari Toshkent shahrida qurilish ishlarida, ayrimlari  bozorda arava surib tirikchilik qilganliklari oydinlashgandi. Karantin sabab  ishsiz qolishgani uchun qonunga  teskari borishga majbur bo‘lganini bildirishdi.  Albatta, bugun hech kimga oson emas. Biroq bu qonunsiz ishga qo‘l urishga asos bo‘lavermaydi. Qolaversa, pandemiya sabab sharoiti og‘ir  aholini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida bu borada nimaga sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganiga hayron bo‘lish mumkin, xolos. Bu gap 39 nafar huquqbuzarlargagina tegishli emas. Uchquduq tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar Rayimovning ta’kidlashicha, 2020 yilning birgina aprel oyida aynan  Shofirkon tumanining  Denov mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 76 nafar fuqaro Uchquduq tumaniga o‘tib (karantin sharoitida!), huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Laylo Karimova,
jurnalist

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring