Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oy oldin «o‘lgan» ayol hushiga keldi

Bir oy oldin «o‘lgan» ayol hushiga keldi

Foto: «Depositphotos»

Ekvadorning Guayakil shahar shifoxonasida qarindoshlari bir oy oldin o‘ldi deb o‘ylagan 74 yoshli ayol hushiga keldi, deb yozadi mahalliy «Comercio» gazetasi.

27-mart kuni Guayakil shifoxonasida vafot etgan deb hisoblangan Alba Maruri Granda payshanba kuni hushiga kelib, singlisidan uyiga olib ketishini so‘ragan.

Grandani o‘ldi deb tan olishlaridan oldin uning tana harorati 42 darajagacha ko‘tarilgan, nafas olishi qiyinlashgan. Shifokorlar bemorlarning ismini adashtirib, oilasiga noto‘g‘ri ma’lumot berganda ayol hushsiz bo‘lgan.

Sakkiz kundan so‘ng qarindoshlari «Granda»ni kuydirishgan. Oila Ekvadorda koronavirus tufayli favqulodda holat bekor qilinib, dafn etish marosimlarini o‘tkazishga ruxsat berishini kutib qariyb bir oy begona odamning kuliga tikilib o‘tirishgan.

Endi qarindoshlari shifoxonadan dafn marosimi va krematsiyaga sarflangan ikki ming dollarni undirishni talab qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ekvadorda 22 179 kishi koronavirusga chalingan, 576 kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring