Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov qaysi vaksinani olgani aytildi

Bosh vazir Abdulla Aripov qaysi vaksinani olgani aytildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan. Bu haqdagi axborotni bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov «Daryo»ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021 yil boshida to‘liq emlanib bo‘lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so‘ng hukumat rahbarida nojo‘ya ta’sirlar sezilmagan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, bir qator amaldorlar ham vaksina olgani aytib o‘tilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring