Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun tuzalganlar kasallik yuqtirganlar sonidan ko‘p bo‘ldi (infografika)

Bugun tuzalganlar kasallik yuqtirganlar sonidan ko‘p bo‘ldi (infografika)

Foto: SSV matbuot kotibi

SSV matbuot kotibi koronavirus chalinganlarning umumiy statistikasi va hududlardagi vaziyat bo‘yicha infografikani taqdim etdi.

Shu yilning 6-avgust kuni mamlakatimizda 742 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 704 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Farg‘ona hamda Navoiy viloyatlarida jami 804 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 28 535 nafar bemordan 19 587 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 771 nafar bemordan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring