Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19: Britaniyada mudhish holat qayd etildi

COVID-19: Britaniyada mudhish holat qayd etildi

Foto: «E-news.su»

Buyuk Britaniyada tasdiqlangan koronavirus holatlari soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 25 177 kishini tashkil etdi, 492 bemor hayotdan ko‘z yumdi — bu «ikkinchi to‘lqinning» yangi antirekordi, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Tunov kuni 20 018 kishi koronavirusni yuqtirib, 397 bemor vafot etgandi.

Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda jami 1 099 059 kishida koronavirus aniqlandi, 47 742 bemor olamdan o‘tdi, qariyb ikki milliondan ortiq test o‘tkazildi.

Payshanba kuni Angliyada yangi milliy karantin boshlanadi: u 2-dekabrgacha davom etadi. Hududda bahorgi lokdaunga o‘xshash choralar joriy etiladi. Bog‘cha, maktab, universitet va sanoat korxonalari bundan mustasno — ularga ishni davom ettirish tavsiya etiladi. Dam olish, ko‘ngilochar va mehmondorchilik kabi tadbirlar, jumladan, bar va restoranlar faoliyati to‘xtatiladi. Odamlarga zarurat bo‘lmaganda uydan chiqish mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring