Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«COVID-19» og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan bemor 2 kunga bormay vafot etdi

«COVID-19» og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan bemor 2 kunga bormay vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. joriy yil 8-iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19» og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring