Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID: Hindiston ham rekord o‘rnatdi, ham Braziliyani ortda qoldirdi

COVID: Hindiston ham rekord o‘rnatdi, ham Braziliyani ortda qoldirdi

Foto: «Pixabay.com»

Hindiston bir kunda aniqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Natijada u Braziliyani ortda qoldirib, COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha umumjahon statistikasiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda «Worldometers» xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda mahalliy shifokorlar 90 600 kishida yangi tipdagi infeksiyani aniqlashgan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha faqat AQSh Hindistondan oldinda turibdi: u yerda kunlik o‘sish 42 095 kishini tashkil etdi.

Pandemiya boshlangandan buyon Hindistonda 4 197 563 kishi kasallandi: bu Qo‘shma Shtatlarga qaraganda qariyb ikki millionta kam — 6 443 367.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring