Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat karantin tugagunicha maoshini to‘lig‘icha fondga o‘tkazishga qaror qildi

Deputat karantin tugagunicha maoshini to‘lig‘icha fondga o‘tkazishga qaror qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev koronavirus pandemiyasi tufayli yurtimizda e’lon qilingan karantin muddati yakuniga yetgunga qadar oylik maoshini to‘lig‘icha «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi»ga o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda u o‘z kanalida ma’lum qilgan.

«Karantin davrida davlat va jamiyat tomonidan qilinayotgan mashaqqatli ishlarni ko‘rib turibmiz. Parlament ham to‘xtagani yo‘q. Xalq manfaati yo‘lida tegishli qonun va qarorlarni qabul qilishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Shunga qaramay, bemorlar va karantindagilar soni kundan-kunga oshib, vaziyat og‘irlashib borayotgani barchamizdan qilayotgan ishlarimizni yana bir bor sarhisob qilishga undaydi.

Men ham yurtimizda karantin davri rasman tugagunga qadar o‘z oylik maoshimni to‘liqligicha koronavirus kasalligini yengishda xayrli ishlarga bosh bo‘layotgan «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi»ga o‘tkazishga qaror qildim.

Birlashib, biz — katta kuchmiz! Birmiz! Qalban birgamiz!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring