Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyevdan ko‘ngil so‘radi

Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyevdan ko‘ngil so‘radi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘lladi.

«Muhtaram Nursulton Abishevich!

Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.

Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor bo‘lib kelgan Siz, aziz og‘amni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin ko‘makdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan ma’lum etmoqchiman.

Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.

Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini so‘rab qolaman.

Tez orada Siz bilan diydor ko‘rishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman» – deyiladi Shavkat Mirziyoyev maktubida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring