Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada maktab o‘qituvchisining IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi haqidagi xabarlarga izoh berildi

Farg‘onada maktab o‘qituvchisining IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi haqidagi xabarlarga izoh berildi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi maktab o‘qituvchisining IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi va bir oyoqda turishga majbur qilingani haqida internetda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

Internetda tarqalgan mazkur xabar o‘rganilganda haqiqatdan ham joriy yilning 26-iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabida kompyuter o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xolat sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek, IIO xodimlari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Jo‘rayevni qiynoqqa solganlik bilan bog‘liq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi, — deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring