Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gagarin o‘limining yana bir ehtimoliy sababi aytildi

Gagarin o‘limining yana bir ehtimoliy sababi aytildi

Bugun 12-aprel, inson ilk bor kosmosga parvoz qilgan kundir. 1961-yil aynan shu sanada Yuriy Gagarin bu ishga musharraf bo‘lgandi.

Ammo uning o‘limi sababi noaniqligicha qolmoqda. 

Sobiq Ittifoq birinchi kosmonavtlar korpusining so‘nggi a’zosi Boris Volinov Gagarinning ehtimoliy o‘limi sababi haqida gapirib o‘tdi.

U Gagarinning samolyoti meteorologik shar bilan to‘qnashgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan.

Volinov ta’kidlaganidek Gagarin o‘limi haqida ko‘plab talqinlar mavjud, ammo ularning qaysi biri to‘g‘riligi aniq emas. 

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Gagarin 1968-yil 27-mart kuni MiG-15UTI samolyotida o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazayotgan vaqtida halokatga uchrab vafot etgan. Kosmonavt qurbon bo‘lgach, uning o‘limini o‘rganish uchun komissiya tuzilgan. Komissiya ma’lumotida samolyot ekipaji «havo holatining o‘zgarishi sabab qilingan keskin manevr va yerga vertikal sho‘ng‘ish, natijada gorizontal parvozga qayta olmaslik natijasida to‘qnashuv» sabab halokatga uchragani aytiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring