Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda go‘dakni koronavirus sharafiga nomlashdi

Hindistonda go‘dakni koronavirus sharafiga nomlashdi

Foto: «Eg.ru»

Hindistonning Uttar Pradesh shtatida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus shafariga Korona deb ism qo‘yishdi, deya xabar berdi «Dessan Herald».

Bolaning amakisi Nitesh Tripati jurnalistlarga ma’lum qilishicha, kasallik odamlarni birlashtirdi va sog‘lom turmush tarzi ommalashishiga xizmat qildi. Uning aytishicha, hozir vahima qilmaslik, hukumat va tibbiyot xodimlarining maslahatlariga amal qilish nihoyatda muhim.

«Bu go‘dak odamlarning virusga qarshi birdamligi ramziga aylanadi», — deydi u.

Korona 22-mart kuni komendantlik soati joriy etilishidan bir necha soat oldin dunyoga keldi. Go‘dak sog‘lom. Hozir onasi bilan birga shifoxonadan chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring