Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Homiylik xayriya markazining qisqa 1197 raqami ishga tushirildi

Homiylik xayriya markazining qisqa 1197 raqami ishga tushirildi

Foto: mitc.uz

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilindi.

Respublikamiz aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida va ushbu markazlarga tezlikda va qulay bog‘lanishlari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 1197 qisqa raqami ishga tushirildi.

Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring