Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki vazirda koronavirus aniqlandi — Braziliya

Ikki vazirda koronavirus aniqlandi — Braziliya

Foto: «LIT-CI»

Braziliyaning ikki nafar vaziri — ta’lim vaziri Milton Ribeyru hamda fuqarolar huquqlari vaziri Oniks Lorensoni kovidga chalindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Payshanba kuni kechki payt o‘zimda kovidnikiga o‘xshash simptomlarni seza boshladim; juma kuni test, xususan, PSR-test topshirdim va bugun javobini oldim — «COVID-19», — deb yozdi Lorensoni «Twitter»dagi akkauntida.

Vazir Ribeyru ham virusni yuqtirganini «Twitter»da ma’lum qildi.

«Bugun tongda kovid-testim musbat chiqqanini xabar berishdi; uyda davolanib, masofadan ishlayman», — dedi u.

62 yoshli Ribeyru vazir etib tayinlanganiga bir hafta bo‘ldi. Undan koronavirus testi prezident Jair Bolsonaru bilan muloqotidan so‘ng olingan, u paytda Bolsonaruning o‘zi ham kasalligini bilmasdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring