Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavotirmi yoki ishonchsizlik? Indoneziya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqmoqchi

Xavotirmi yoki ishonchsizlik? Indoneziya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqmoqchi

Foto: «Noteru.com»

Indoneziya koronavirusga qarshi vaksina rivojlanayotgan davlatlarga yetib bormasligidan xavotirda. Shuning uchun o‘z vaksinasini yaratish ustida ishlamoqda, deya xabar berdi «Jakarta Post» gazetasi.

«Bizga ma’lumki, dunyodagi biotexnologik kompaniyalarning ishlab chiqarish quvvati cheklangan. Ustiga-ustak, global yetkazib berish kanallari ham muammolarga duch kelmoqda», — dedi tadqiqot va texnologiyalar vazirligi qoshidagi ishlab chiqaruvchilar guruhi rahbari Ali Gufron Mukti.

U «Indoneziyada va Indoneziya uchun» vaksinasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Koronavirusga qarshi Indoneziya vaksinasini ishlab chiqish 2021-yil boshlarida nihoyasiga yetkazish va yilning ikkinchi yarmida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Payshanba kuni Indoneziyada bir kunda 1624 kishida koronavirus aniqlangani, bu rekord ko‘rsatkich ekanligi xabar berilgandi. Mamlakatda jami 59 394 kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 2987 nafari vafot etgan. 26 667 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring